Nodavlat ta'lim muassasalariga eng ko‘p litsenziya Toshkent shahrida berildi
2018 yilning 1-yarim yilligida 427ta nodavlat ta'lim muassasalariga litsenziya berildi. 2017 yilning xuddi shu davrida 195ta litsenziya berilgan edi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xabar bermoqda.
Agar joriy yilda berilgan litsenziyalar tarkibiga nazar tashlasak, 427ta litsenziyaning 44%i kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim muassasalari, 33%i maktabgacha ta'lim muassasalari, 19%i maktabdan tashqari ta'lim muassasalari va nihoyat 4%i umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Hududlar kesimida eng ko‘p litsenziya Toshkent shahrida (215 ta) berilgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo (44), Toshkent (43), Namangan (21) va Samarqand (20) viloyatlari joy egallagan.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 15 sentabrdagi «Nodavlat ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3276-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 martdagi №241-son qarori asosida nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibi soddalashtirildi.
Xususan, litsenziya olish muddati 1 oydan 10 kunga qisqartirilgan.
Shuningdek, litsenziya olish uchun talab etiladigan hujjatlar soni 9 tadan 5 taga kamaytirildi. Bugungi kunda litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni topshirish kifoya:
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;
yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari;
pedagog kadrlar haqida ma'lumot;
o‘quv rejasi va dasturlar;
litsenziya da'vogari tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Xushnudbek Xudoyberdiyev
Mavzuga oid
20:41 / 24.09.2024
“5 oktyabrdan Umra turfirmalari amaldagi litsenziyasi bilan ishlay olmaydi” – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
11:58 / 04.09.2024
Akfa universiteti litsenziyaga ega bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga talabalarni qabul qilgan
20:46 / 19.07.2024
«O‘zbekkonsert» litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorga chora ko‘rdi
11:50 / 13.06.2024