Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Trampga sovg‘a qilgan futbol to‘pi xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkazildi
Helsinki sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamkasbi Donald Trampga futbol to‘pini taqdim etgandi. AQSh maxfiy xizmati aynan shu sovg‘ani jiddiy tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan. Bu haqda Associated Press xabar qiladi.
Ma'lum qilinishicha, maxfiy xizmatdagilar o‘tkazilgan tekshiruvni xavfsizlik nuqtayi nazaridan o‘tkazilgan oddiy holat, deb aytdi.
16 iyulda to‘pni berayotgan Putin quyidagi so‘zlarni aytgandi:
“Suriya masalasida ustunlik biz tomonda. Prezident janoblari futbol bo‘yicha jahon chempionatini muvaffaqiyatli o‘tkazganligimizni alohida ta'kidlab o‘tdilar. Endi to‘pni janobga bermoqchiman va endi u Amerika tomonga o‘tdi”.
AQSh rahbari ham bunga javoban Putinga Washington Capital xokkey klubida faoliyat yurituvchi rossiyalik xokkeychi Aleksandr Ovechkinning formasini taqdim etgan.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026