Jahon | 09:00 / 22.07.2018
5786
2 daqiqa o‘qiladi

Ekvador yaqin kunlarda Assanjni Buyuk Britaniyaga topshirishi mumkin 

Foto: TASS

Ekvador hukumati yaqin kunlarda WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni Buyuk Britaniyaga topshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda RT telekanali va “Rossiya segodnya” axborot agentligi bosh muharriri Margarita Simonyan tvitterda ma'lum qildi

“Mening manbalarim Assanj yaqin haftalar yoki hattoki kunlarda Buyuk Britaniyaga topshirilishi mumkinligini aytishmoqda. Men manbalarim xato qilayotganiga har qachongidan ko‘proq umid qilmoqdaman”, deb yozgan Simonyan.

Simonyanning yozishicha, Ekvador prezidenti keyingi haftada Buyuk Britaniyaga borishni rejalashtirmoqda.  

“Ekvador prezidenti keyingi haftada Londonga bormoqchi. Hozir unga AQSh va Britaniya bosim qilib, Assanjni topshirishini talab qilmoqda”, deb ma'lum qilgan Simonyan. 

Assanj 2012 yildan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasida qolmoqda. U Shvetsiya hukumati tomonidan AQShga topshirilishi mumkinligidan xavotirlanishi sababli Ekvadordan siyosiy boshpana so‘ragan.    

Avvalroq Ekvador tashqi ishlar vaziri Xose Valensiya Assanj uchun boshpana abadiy bo‘la olmasligini ma'lum qilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid