Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘rov: Amerikaliklar Rossiyaning «aralashuvi»dan xavotir olmaydi
Ivan Sekretarev/AP
Gallup (AQShdagi jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti) o‘tkazgan tadqiqot natijasidan ma'lum bo‘lishicha, amerikaliklarning 1 foizi Rossiya AQShning ichki siyosatidagi muhim qarorlarga aralashadi deya hisoblaydi.
Iyun oyida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, so‘rovnoma ishtirokchilarining 15 foizi mamlakatdagi iqtisodiy holatdan xavotirda ekanini bildirgan. Amerikaliklarning 14 foizi migratsiya va noqonuniy immigratsiya muammolaridan xavotir bildirgan bo‘lsa, 7 foizi irqchilikni muhim muammo sifatida baholagan. 19 foiz kishi mamlakat hukumatining yomon siyosatini eng dolzarb muammo sifatida belgilagan.
Shu bilan birgalikda, so‘rovnomada qatnashganlarning yana 1 foizi Rossiyani 2016 yilgi prezident saylovlariga «aralashgan» deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
17:54 / 09.01.2026
“Prezidentni o‘g‘irlash normal emas” – o‘zbekistonliklar Venesueladagi operatsiyani qanday kuzatdi?
21:11 / 23.12.2025
Sotsiologlar rossiyaliklar uchun 2025 yilning asosiy voqealarini aytdi
14:26 / 13.10.2025
So‘rov: amerikaliklarning aksariyati RFga qarshi yangi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatladi
12:17 / 25.09.2025