Toshkentda mini futbol maydonchasiga ega bo‘lgan ko‘p qavatli avtoturargohlar qurilishi mumkin
Kecha, 21 iyul kuni Toshkent shahri hokimiyati binosida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va tadbirkorlar hamda investorlar ishtirokida «Toshkent shahrini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish» mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tadbirkorlar va investorlar o‘z takliflarini bildirishgan.
«Kun.uz» muxbiri xabar qilishicha, «Arena International» oilaviy korxonasi tomonidan Toshkent shahri Yunusobod tumani hududida ko‘p qavatli avtoturargoh va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini tashkil etish loyihasi taqdim qilingan.
Loyihaning asosiy maqsadi shahardagi tirbandlikni kamaytirishga va avtoturargohlar kamligi sababli yo‘l chetida qoldirilayotgan mashinalar uchun kam hudud egallaydigan ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish hisoblanadi.
Loyihaning umumiy qiymati 5 million AQSh dollarini tashkil etadi. Loyihaga bor yo‘g‘i 70 sotix maydon yetarli bo‘lib, u deyarli 300ta avtomobilni o‘zida sig‘dira oladi. Loyiha qurib bitkazilsa, 150ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Shu bilan birga, loyihaning ustki qavatida mini futbol maydoni qurilishi ham ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
20:36 / 02.03.2024
«Pulni o‘zi sizni quvsin». Jahongir Ortiqxo‘jayev Superliga startidan oldin «Paxtakor» jamoasi bilan uchrashdi
17:29 / 08.02.2024
Minerva City’ni qurishga ajratilgan yer shahar hokimligi balansiga qaytarildi - Yangihayot tumani hokimi
16:22 / 06.02.2024
Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Biz importga har qanday cheklov qo‘yishga qarshimiz, u bizga zarar”
21:35 / 05.02.2024