Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp nimani xavf-xatarga qo‘yib Putin bilan uchrashgani ma'lum qilindi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvga rozi bo‘lib, “o‘zining siyosiy obro‘sini xavf-xatarga qo‘ygan”. Biroq bu tavakkalchilik “tinchlikka erishilgani” sababli o‘zini oqlagan, deb ma'lum qildi AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens.
“Joriy haftada Amerika xalqi prezidentning muvaffaqiyatli xorijiy safardan qaytgani guvohi bo‘ldi. U Yevropadagi ittifoqdoshlarimiz va hattoki Rossiya prezidenti bilan uchrashuvlar o‘tkazdi”, deb aytgan Pens.
Uning aytishicha, Tramp “siyosat uchun tinchlikni xafv ostiga qo‘yishdan ko‘ra tinchlik uchun o‘z obro‘sini xatarga qo‘yishga tayyorligi sababli” uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Pens Tramp “hamisha tinchlikka intilishini, biroq bu tinchlikka kuch bilan erishilishini” ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
21:14 / 27.05.2026
Putin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi
21:06 / 25.05.2026
Putin rossiyaliklar himoyasi uchun xorijda armiyadan foydalanishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi
21:08 / 22.05.2026
Bloomberg: Putin urushni yil oxirigacha yakunlamoqchi, ammo o‘z shartlari asosida
20:22 / 22.05.2026