Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya hukumati IShID jangarilarini adolatli sud qilinishi tarafdori bo‘lmoqda
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey ikki nafar IShID jangarilariga nisbatan adolatli hukm chiqarilishini talab qilmoqda, deydi siyosatchining matbuot kotibi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, Bosh vazirning Matbuot xizmati tarqatgan shunday bayonotdan so‘ng, mahalliy ingliz OAV Britaniya hukumati jangarilarni sud qilish uchun AQShga jo‘natilishi to‘g‘risida axborot berdi.
Daily Telegraph xabarida aytilishicha, Britaniya Ichki ishlar vaziri Sajid Javid jangarilarni AQShga jo‘natish uchun hukumatdagi o‘lim jazosiga qarshilarning talablarini inobatga olmadi. Og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Aleksanda Kotey va Al-Shafi Elshayx g‘arblik asirlarni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda.
Meyning matbuot kotibi Britaniya bu masalada AQSh bilan yagona yechim topishini, ularga nisbatan albatta jinoiy jazo qo‘llanilishini ham qo‘shib qo‘ydi.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026