Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Isroil kuchlari falastinlik o‘smir hayotiga zomin bo‘ldi
Foto: REUTERS
Isroil askarlari bugun, 23 iyul kuni okkupatsiya qilingan Vest Bank hududida o‘tkazilgan reyd mobaynida falastinlik o‘smirni o‘ldirishdi, deb bayonot bergan Falastin hukumati Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Reuters xabariga ko‘ra, Isroil harbiylari rasmiy xabarda qurbonlar haqida aniq ma'lumot taqdim etmagan. Unda aytilishicha, Bayt Lahm yaqinidagi Duhaysha qochoqlar lageridagi falastinliklar Isroil askarlariga bomba, grenadalar bilan hujum qilgan. Shundan so‘ng, isroilliklar ham javob zarbasini qaytardi.
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi halok bo‘lgan 15 yoshli o‘smirni tanasining ko‘krak qismidan jarohat olganligi to‘g‘risida axborot berdi. To‘qnashuvda Isroil harbiylari 2 nafar falastinlikni qo‘lga olgan va qurol omborxonasini ochishga muvaffaq bo‘lishgan.
Mavzuga oid
21:29 / 09.01.2026
Isroil: Trampning G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashini Nikolay Mladenov boshqaradi
12:47 / 09.01.2026
Isroil G‘azoga yana zarba berdi: 13 kishi halok bo‘ldi
11:37 / 07.01.2026
Isroil va Suriya AQSh yordamida aloqa kanali yaratmoqda
13:19 / 03.01.2026