Sport | 22:35 / 23.07.2018
5139
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Portugaliya professional futbol ligalari hamkorlikda ishlaydi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi rivojlangan mamlakatlarning akademiyalari bilan aloqa o‘rnatmoqda. Yaqinda O‘zbekiston va Portugaliya professional futbol ligalari o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishdi. Mazkur ish yuzasidan PFL Xalqaro aloqalar bo‘limi vakili Zohid Akramovni Portu shahriga jo‘natdi.
 
Bugun — 23 iyul kuni PFL vakili Portugaliya Professional futbol ligasi ijrochi direktori Sonia Karneyru hamda yuridik masalalar bo‘yicha ijrochi direktor Jaou Martins bilan ko‘rishdi. Endi Portugaliya Professional futbol ligasi marketing, media, klublar bilan ishlash, translyatsiya va boshqa turli masalalar bo‘yicha o‘z mutaxassislarini O‘zbekistonga yuborib, seminarlar tashkil qilish va o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor.
 
Qo‘shimchasiga, «Portu» futbol klubi akademiyasi bilan ham hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi. Dragon Force nomi bilan mashhur akademiya murabbiylari sentabr–oktabr oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurib, yosh futbolchilarga futbol sirlarini o‘rgatadi.

Mavzuga oid