Sport | 23:15 / 05.08.2018
10960
1 daqiqa o‘qiladi

PFL qarzini uzmagan yana bir klubni jazoladi

Pro-liga 19-turidan o‘rin olgan «Yozyovon» – «Xotira-79» o‘yini o‘tkazilmadi, deb xabar beradi PFL sayti.

Jamoalar o‘yinga yetib kelgan va muxlislar stadionga to‘plangan bo‘lsa-da, PFL o‘yinni bekor qilib, «Yozyovon» klubiga texnik mag‘lubiyat yozdi. Buning sababi sifatida, yozyovonliklarning qarzlaridan qutulmagani ko‘rsatildi.

Xuddi shunday ahvolda bo‘lgan «Xorazm» va «Xotira-79» klublari qarzlardan qutulishi haqida kafolat xati berganidan so‘ng, jazosiz qoldirildi.

Kecha xuddi shunday jazoga «Norin» klubi uchragan va Samarqandning «Dinamo» jamoasi maydonga tushmasdan turib, 3 ochkoga ega bo‘lgan edi. PFLning bunday mantiqsiz qaroriga nisbatan Tribuna.uz o‘z munosabatini bildirgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid