Airbnb asoschilaridan biri nimaning hisobiga boy?

Yaqinda Airbnb ta'sischilaridan biri Jo Gebbia Tim Ferrisning podkastida o‘z tajribasi, kompaniya rivojlanishining boshlang‘ich davri va o‘zi tadbirkor sifatida amal qilgan tamoyillar to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Kitobni butunlay o‘qimaguncha so‘nggi bobga diqqatni qaratmang.
Mashhur tadbirkorlar tarixi haqida eshitganda istaymizmi-yo‘qmi faqat kompaniya muvaffaqiyatiga e'tibor beramiz. Muammo shundaki, faqat omadga diqqatni qaratganda hikoyaning haqiqatan ham qiziq joylari – mag‘lubiyatlar, burilish onlarini nazardan qochiramiz. Bunga e'tibor berish lozim. Mukammallik fikriga o‘ralashib qolmang. Rim ham bir kunda barpo etilmagan.
Bir kecha ichida virusga aylangan veb-sayt – dasturchining o‘ninchi marta urinishi mevasi. Tanishing joylashgan yaxshi ish bir necha rad etishlar va suhbatga soatlab tayyorlanishning natijasidir. Bir onda yuz bergan muvaffaqiyat – afsona.
Yaxshi g‘oyalar bahslarga sabab bo‘ladi
Agar Airbnb tarixini avval ham eshitgan bo‘lsangiz, kompaniya darhol muvaffaqiyatga erishmaganini bilasiz. Bu g‘oyani eshitgan odamlarning yarmiga yoqib qoladi va uni amalga oshirishda zudlik bilan ishtirok etishni istaydilar. Biroq qolgan ikkinchi yarmiga u ahmoqona bo‘lib tuyuladi. Kim ham o‘z uyiga notanish odamni kiritishni istardi?
Bu haqiqatan ham innovatsion g‘oyalar juda xavfli bo‘lishini anglatadi. U odamni o‘ylashga majbur qiladi va ko‘plab bahslarning sababiga aylanadi.
Ko‘pincha startapingizning g‘oyasini dastlabki bosqichda aynan shu yo‘l bilan tekshirish mumkin.
Ishtiyoq bebaho
Jo Gebbia o‘z hikoyasida ishtiyoqni bir necha bor esladi. Agar ishtiyoqni namoyish etsangiz, odamlar bu quvvatdan kuch olib, kelajakda sizga yordam berishadi.
Mahsulotlar bilan ishlash haqida gap ketganida bu ayniqsa foydali. Ishtiyoq asoschi, yaratuvchi va dasturchilar uchun muhim.
O‘ylab ko‘ring-a: agar asoschi ishtiyoq bilan yonmasa, siz vaqt, pul va kuchni loyihaga sarmoya qilishni istarmidingiz? Ayonki, yo‘q.
Eski munosabatlarni unutmang
Jo Rod-Aylend dizayn maktabida uning ko‘nikma va shaxsiyatini to‘ldiradigan hamkor izlagani haqida ham so‘zlab berdi. U suyana oladigan va birgalikda biror nima boshlashga tayyor bo‘lgan hamkorlar. Aloqalarning ahamiyati ko‘pchilikka ayon. Biroq tanishlar orttirish va muayyan maqsad yo‘lida tanishish – boshqa-boshqa tushunchalar.
Agar bir kun kelib tadbirkor bo‘lishni istasangiz va biror narsani mustaqil ravishda yaratmoqchi bo‘lsangiz, odamlar bilan tanishayotganda buni yodda tuting. Bu sayohatga kim bilan chiqishni istashingiz haqida o‘ylashda davom eting.
Atrofingizda sizni o‘rab turganlardan unumli foydalaning
Agar murakkab vaziyatga tushib qolsangiz, detallar orasida “yo‘qolib qolishdan” avval ortga bir qadam qo‘ying. O‘z atrofingiz, holatlarni tahlil qiling va bulardan sizga asqotadiganlariga nazar soling.
Airbnb misolida ular Kolorado shtatidagi Denverda o‘tkazilgan Demokratik milliy qurultoydan so‘ng muvaffaqiyatga erishdilar. Chunki u yerda turar-joy bilan jiddiy muammo mavjud edi. Aynan shu tadbir ularga start uchun ideal joyga aylandi. Natijada ular matbuotda keng yoritilish imkoniga ega bo‘lishdi, bu esa rivojlanish jarayonini tezlashtirdi.
Yana bir misol: dizayn-maktabida o‘qish davrida Jo bir loyihani yakunlashi kerak edi, biroq unda mablag‘ yetmadi. Natijada u oliy o‘quv yurti uning loyihasini moliyalashtirishiga erishdi.
Jo Gebbia
Fikrlashning bunday turiga erishish oson emas, biroq vaqt o‘tishi bilan uni mukammallashtirib, foyda olish mumkin.
Qulaylik zonasidan chiqing
Jo hikoyalarida umumiy jihatlar mavjud. U qulaylik zonasidan chiqishga alohida urg‘u beradi.
Noqulay vaziyatlarga doimiy ravishda tushish orqali qulaylik zonasini kengaytiramiz. Biz uchun avval imkonsiz bo‘lgan omad eshiklari ochiladi. Fikrlash tarzini o‘zgartirib, ishonchga ega bo‘lamiz.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiya, Misr va Iordaniya yetakchilari G‘azo bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirdi
Jahon | 22:18
-
7 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:12
-
Apple boj joriy qilinishidan oldin AQShga beshta samolyotda iPhone keltirdi
Jahon | 21:50
-
AQShda 14 yoshli o‘smir yurak kasalliklarini sanoqli soniyalarda aniqlashga qodir ilovani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 21:43
Mavzuga oid

16:56 / 19.01.2024
«Airbnb effekti»: yo‘q bo‘layozgan shahar internet ilova sabab daromad manbaiga aylandi

22:15 / 23.02.2020
«O‘z shahrimda begonadekman». Turistlar ko‘pligidan Praga ham Airbnb'ni cheklashi mumkin

20:37 / 16.02.2020
Rey tamoyillari: qanday qilib bir xatoni boshqa takrorlamaslik mumkin?

12:25 / 09.12.2019