Butun dunyo böylab xususiy uylarni qidiriş, qisqa muddatga ijaraga berişga ixtisoslaşgan Airbnb onlayn maydonçasi yuqori toifadagi köçmas mulklar ijarasiga möljallangan Airbnb Luxe servisini işga tuşirdi. Uning mijozlari butun dunyo böyiça 2000dan ortiq koşonalardan birini ijaraga olişlari mumkin.

Servis Italiya, Kaliforniya va Fransiyadagi villalarni, qal'a va hatto butun boşli orolni taklif etadi, bu yerlarda bir hafta tunaş 1 mln dollardan ortiqqa tuşişi mumkin. Airbnb bu mulklarni ijaraga oluvçilarning şaxsi sir saqlanişini kafolatlaydi. 

Quyida ijaraga beriluvçi eng qimmat köçmas mulklar bilan tanişişingiz mumkin.

Foto: Airbnb Luxe

Nukutepipi

Bir tun uçun narx: $146 426

Yotoqxonalar soni: 21

Narxga kiritilgan: boş oşpaz, xöjalik yuritiş

Joylaşgan örni: Fransiya Polineziyasi

Foto: Airbnb Luxe

Amilla Great Beach Villa Residence

Bir tun uçun narx: $58 135

Yotoqxonalar soni: 8

Narxga kiritilgan: -

Joylaşgan örni: Maldiv orollari

Foto: Airbnb Luxe

Petiti

Bir tun uçun narx: $51 300

Yotoqxonalar soni: 4

Narxga kiritilgan: haydovçi, boş oşpaz, xöjalik yuritiş