Jahon | 15:08 / 24.07.2018
8148
3 daqiqa o‘qiladi

Ekspert: «AQSh va Sharq mamlakatlari Rossiya tashqi siyosatini muhokama qilishga haqli emas»

© Chris McGrath/Getty Images

Esprit de Corps jurnali noshiri Skott Teylor Helsinki sammitida Kanada bosh vaziri aytgan gapiga munosabat bildirdi. Kanada vakili Rossiyani Qrimni anneksiya qilganligi haqida fikr bildirgan.

«AQSh va Sharq mamlakatlari, shu jumladan, Kanada ham xalqaro doirada Rossiyaning harakatlarini muhokama qilishga haqli emas. AQSh va Rossiya prezidentlari 16 iyul kuni Helsinkida uchrashganida tanqidchilar shu mavzuni muhokama qilishni boshlashdi. Sharq ekspertlari va siyosatchilarining yagona fikri Tramp Putinga yumshoq muomalada bo‘lgani haqida edi. 1999 yili NATOga a'zo bo‘lgan Kanada Serbiyaga uyushtirilgan 78 kunlik bombardimonlarda qatnashdi va 2008 yilda Kosovo mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan oldi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Kanadaning harbiy kuchlardan foydalanish borasida hech qanday muammosi yo‘q. Rossiyaning Ukraina fuqarolar urushiga aralashuvi bo‘yicha Tryudo Putinni ayblashi mumkin. Shu bilan birga, bosh vazir  kanadalik askarlar urush ketayotgan davlatlarga yordam berayotganlaridan g‘ururlanadi», degan u.

«Suriyadagi vaziyatga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2014 yildan beri kanadalik harbiylar Iroqdagi hamkasblarini, kurd militsiyasini o‘qitishgan. Ottava va Moskva bu yerda ittifoqchi ekanliklarini, Rossiya Bashar Asadning «qonli» rejimini qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lishi ham mumkin», deya qayd etadi Teylor.

Ekspert AQShning tashqi siyosati haqida ham fikr bildirib o‘tgan.

«2003 yilda AQSh Saddam Husaynni kimyoviy qurolga egalik qilgani haqida yolg‘on gapirdi. Buni Iroqni ishg‘ol qilish uchun qilgan. Shundan beri Iroqda qonli to‘qnashuvlar tinmayapti. Shuningdek, Liviya urushi haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim: 2011 yilda NATOning Muammar Qazzofiyni o‘ldirish operatsiyasi ichki tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Bularning barchasiga Putinni aybdor deb topish adolatsizlik bo‘lardi», deya o‘z mulohazasini yakunlagan kanadalik harbiy ekspert, Esprit de Corps jurnali muharriri va noshiri hisoblanadigan Skott Teylor The Chronicle Herald gazetasidagi chiqishida.

Mavzuga oid