Jahon | 20:08 / 24.07.2018
11762
1 daqiqa o‘qiladi

Eron bosh shtabi boshlig‘i AQSh tahdidlariga qat'iy javob va'da qildi

Foto: Mahmoud Hosseini

Eron bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Bakiriy AQShning Tehronga qaratilgan tahdidlarga qat'iy javob va'da qildi, deb xabar bermoqda Fars agentligi.

"Dushmanlar, ayniqsa AQSh sherning dumi bilan o‘ynashmagani ma'qul, aks holda ular mintaqa va jahonda qat'iy, tasavvur qilish mushkul bo‘lgan hamda jiddiy javobga to‘qnash keladi, bu ularni afsus chekishga majburlaydi. Ularning joylashtiruv markazlari va manfaatlariga Eron mudofaa kuchlarining qudrati yetadi", - deya uning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Avvalroq, Tramp Eron AQShga tahdid qilishda davom etsa, “misli ko‘rilmagan oqibatlar” bilan to‘qnashishini ma'lum qildi. Trampning bayonoti Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning so‘zlariga javob bo‘ldi. U AQShni “sher dumi bilan o‘ynashmaslikka” chaqirib, Vashington bundan afsus chekishi mumkinligi bilan ogohlantirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid