Jahon | 11:56 / 24.07.2018
3909
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada o‘rmon yong‘inlari tufayli halok bo‘lganlar soni 50 kishiga yetdi

Foto: Vassilis Konstantopoulos/REUTERS

Gretsiyaning Attike janubi-sharqiy viloyatida o‘rmon yong‘inlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi. Afinadan sharqda joylashgan Rafina shahri yaqinida 26 kishining jasadi topildi. Bu haqda EPT mahalliy telekanali xabar bermoqda.

Avvalroq, telekanal o‘rmon yong‘inlari tufayli 156 kishi jarohat olgani haqida ma'lum qilgandi. Ta'kidlanishicha, ular orasida 16 nafar bola bo‘lgan. Shuningdek, 11 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Hozirgi vaqtga qadar olingan ma'lumotga ko‘ra, vaziyat nazorat ostidan chiqib ketgan. Rasmiylar Attikeda favqulodda holat rejimini joriy etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid