Jahon | 16:52 / 24.07.2018
13223
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston toliblar va IShID tomonidan kelayotgan tahdid tufayli chegaralarni mustahkamladi

Qirg‘izistonning davlat chegaralarida terrorchilarga qarshi kurashish maqsadida qo‘shimcha blokpostlar qo‘yildi. Bu haqda ushbu mamlakat Davlat chegara xizmatining raisi Ularbek Sharsheyev matbuot anjumani chog‘ida ma'lum qildi.

Foto: kabar.kg

Unga ko‘ra, Afg‘oniston Qirg‘iziston uchun alohida xavf tug‘diradi, deya xabar beradi «Kabar» agentligi.

So‘nggi paytlarda xalqaro terrorchilik tashkilotlari, xususan, «Tolibon» harakati, IShIDning katta kuchlari Markaziy Osiyoning qator davlatlari chegaralariga yaqin yerda joylashib oldi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 10 mingdan ortiq jangari bor, bu Qirg‘izistonga ham ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

«Shu munosabat bilan, xalqaro terrorchilik tashkilotlari a'zolarining respublikamiz hududiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uzoq uchastkalarga chegara-qidiruv guruhining bo‘linmasi yuborilmoqda - shunday shaxslarning ehtimoliy harakatlanish yo‘liga. Bundan tashqari, vaqtinchalik qo‘shimcha blokpostlar o‘rnatildi», - dedi Davlat chegara xizmati rahbari.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid