Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH mamlakatlari shaharlariga yozgi safarlar reytingida Toshkent nechanchi o‘rinni egalladi?
Boku, Minsk va Olmaota MDH mamlakatlari shaharlariga yozgi sayohatlar reytingida yetakchilik qilmoqda. Bu haqda «Turstat» tahlil agentligi tomonidan tayyorlangan hujjatda aytiladi.
MDH shaharlari reytingi 2018 yilning yozida sayyohlar safarlarining mashhurligini tahlil qilish asosida taqdim etilgan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, sayyohlar yozda MDHdagi shaharlarga o‘rtacha 2 kunga keladi, so‘ng Bokudagi Kaspiy dengizi kurortlari, Belarusdagi Naroch ko‘lida, Olmaotadagi Chimbuloq tog‘ kurortida, Qozog‘istonning Borovoye kurortida, Qirg‘izistondagi Issiqko‘l ko‘lida hordiq chiqarishni afzal ko‘rishadi.
Rossiyalik sayyohlar MDH davlatlari shaharlari va kurortlarida turar joy va ovqatlanish uchun kuniga o‘rtacha 50-100 dollar sarflaydi.
MDHga eng arzon yozgi turlar sifatida Kishinyov va Bishkek tanlanadi, hafta oxiridagi turlar bo‘yicha esa, Boku va Ostona yetakchilik qilyapti.
Umumiy reyting quyidagicha:
1. Boku (Ozarboyjon)
2. Minsk (Belarus)
3. Olmaota (Qozog‘iston)
4. Yerevan (Armaniston)
5. Ostona (Qozog‘iston)
6. Bishkek (Qirg‘iziston)
7. Toshkent (O‘zbekiston),
8. Kishinyov (Moldova)
9. Dushanbe (Tojikiston)
10. Ashxobod (Turkmaniston)
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
17:06 / 10.07.2026
Tanzila Norboyeva: Xalqaro reyting va indekslarda munosib o‘rin egallash - bu shunchaki raqam yoki statistika emas
20:56 / 06.07.2026
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi past, ammo muammolar saqlanib qolmoqda - tadqiqot
12:11 / 06.07.2026