Samarqandda maktab-internatdagi dahşatlar. Bolalar qamoqxonasi direktori qölga olindi
|19:50 / 24.07.2018180 9399 min
23 iyul kuni OAVda Samarqand şahridagi 64-sonli alohida saqlaş şaroitlari, tarbiya va ta'limga muhtoj öğil bolalar uçun ixtisoslaşgan maktab rahbarlari va tarbiyaçilar tarbiyalanuvçilarni kaltaklab kelayotgani haqida xabar paydo bölgaç, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi va Xalq ta'limi vazirligi vaziyatni örganişga kirişdi.
Bugun Boş prokuratura Samarqanddagi maktab-internatda mansabdor va mas'ullar tomonidan tarbiyalanuvçilar tizimli ravişda qiynoqqa solib kelinganiga rasman munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinişiça, maktab-internat direktori Şuhrat Sadinov uşlangan, unga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot çorasi qöllaş masalasi örganilmoqda.
«Mazkur holat Boş prokuratura rahbariyati alohida nazoratiga olinib, şaxsan Samarqand viloyati prokurori tomonidan olib borilgan tekşiruv davomida aniqlanişiça, maktab-internat direktori Ş. Sadinov va boşqalar mansab vakolati doirasidan çetga çiqadigan harakatlarni qasddan sodir etib, öz faoliyatlari davomida maktab-internatining öquvçilari, voyaga yetmagan X. (2001 y.t.), M. (2006 y.t.) va O‘. (2003 y.t.)larni maktab tartib-qoidalariga rioya qilmayotganini rökaç qilgan holda ta'lim-tarbiya davomida ularga rahmsiz muomalada bölib, muttasil ravişda urib, qiynab, ularga turli darajadagi tan jarohatlari yetkazgan.
Viloyat sud-tibbiy ekspertiza (STE) byurosining 23 iyuldagi xulosalariga köra, ariza bergan M.Mirzayevaning farzandi M.ning tanasida qator jarohatlar mavjudligi, ular «Yengil tan jarohatlari» guruhiga kirişi aniqlangan. Jinoyat işi böyiça 89 nafar maktab-internati tarbiyalanuvçilariga nisbatan viloyat STE byurosi ekspertlari tomonidan guvohlantiriş harakatlari ötkazildi, tarbiyalanuvçilarning ambulator kartalari bayonnomalar asosida olinib, örganilmoqda.
Uşbu holat yuzasidan 23 iyulda Samarqand şahar prokurori tomonidan 64-sonli maktab-internati direktori Ş. Sadinov va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi «a» bandi (voyaga yetmaganlarga nisbatan muttasil ravişda döpposlaş yoki boşqaça harakatlar bilan qiynaş), 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maktab-internati direktori Ş. Sadinov uşlangan, unga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot çorasi qöllaş masalasi örganilmoqda. Jinoyat işi tergovi viloyat prokurori tomonidan alohida nazoratga olingan», deyiladi Boş prokuratura xabarida.
Ayni vaqtda Jinoyat işi tergovi Samarqand viloyati prokurori tomonidan alohida nazoratga olingan.
Mavzuga oid
23 iyul kuni «Gazeta.uz» naşri jabrlanuvçilardan birining onasi Muhabbat Mirzayevaga asoslangan holda Samarqanddagi maxsus maktab tarbiyalanuvçilariga zöravonlik qilingani haqida material e'lon qildi.
Ma'lum bölişiça, maktab xodimlari, direktor va uning örinbosari tizimli ravişda bolalarni kaltaklab, jismoniy va ruhiy bosim ötkazib, dars va maşğulotlar ötkazmasdan, bolalarni oğir jismoniy mehnatga jalb qilgan, yomon ovqatlantirib, tez-tez ularni oç qoldirgan.
Xabarda maktab-qamoqxonadagi kaltaklardan töygan bolalar öz joniga qasd qilişga urinayotgani keltirib ötilgandi.
Özbekistonda yagona bölgan uşbu ixtisoslaşgan maktabda oğir xulq-atvorga ega, uzoq muddat hisobga turgan, xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan, biroq jinoiy javobgarlikka tortiş yoşiga yetmagan 11−16 yoşdagi voyaga yetmagan bolalar joylaştiriladi. Bu yerga individual profilaktik işlar olib borilganiga qaramasdan huquqbuzarlik yoki boşqa ğayriijtimoiy harakatlarni sodir etişda davom etuvçi bolalar ham keltiriladi. Voyaga yetmaganlar ixtisoslaşgan maktabda tuzalişga qadar bir yildan ortiq muddat böladi.
Mubina Mirzayevaning aytişiça, uning 12 yoşli öğli Elmurod Mirzayev şu yil aprel oyi boşida Toşkentning Sergeli tumanidagi 237-maktabdan Samarqanddagi maxsus maktabga tez-tez dars qoldirgani, öquv jarayonlari vaqtida öqituvçilarga halal bergani, sinfdoşlari bilan janjallaşgani va urişgani uçun keltirilgan. Şundan söng bola direktor Şuhrat Sadinov va uning tungi smenada tarbiyaçi bölib işlovçi jiyani Şerzod Oçilov tomonidan kaltaklangan.
Onaning tan olişiça, öğlining xulq-atvori haqiqatdan ham oğir, ammo kuç işlatiş yöli bilan tarbiyalaş notöğri, deb hisoblaydi.
Bolalarni keçki smena vaqtida köp kaltaklaşgan. Kunduzgi smenadagi tarbiyaçilardan biri ham bolalar kaltaklanişi holati haqida ma'lumot bergan.
«Avval şunday holatlar bölib turardi, lekin bu yili kaltaklaşlar köpaydi. Isbotlaş qiyin, videoga olib bölmaydi, momataloqlarni rasmga oliş qoldi», — deya tarbiyaçi Ra'no Rözmetovaning (ism-familiya suhbatdoşning iltimosi bilan özgartirildi) sözlarini keltirgan «Gazeta.uz».
Uning sözlariga köra, Elmurod 19 iyunda kaltaklangan. U boladan tilxat olib, uning onasiga ma'lum qilgan. Şundan söng rahbariyat ariza va tarbiyaçining suratlari haqida bilib qolib, uni işdan böşatişga harakat qilgan.
«Ularga agar meni işdan böşatişsa, hammasini sözlab berişimni aytdim. Meni lavozimda saqlab qolişdi. Aniqroği, maktab direktori menga tilxat olişga keçikkani, bir oy ötib bölganini va javobgarlikka tortib bölmasligini aytdi. Bolalar qörqib qolgan va haqiqatni aytişdan juda çöçiydi. Komissiya va işçi guruhlar tekşirgan vaqtda ular hammasi yaxşi, deyişadi. Agarda ularni maktabdan olib çiqib, maktab xodimlari, tarbiyaçi va rahbariyat iştirokisiz yakkama-yakka suhbat qilişsa, ular haqiqatni sözlab berişadi.
Kunduzgi smenada bolalarga 20:00 ga qadar qaraşadi. Şundan keyin biz smenani tungi guruhga topşiramiz, ular ertalabki 08:00 gaça qaraşadi. Ular bolalar bilan juda qöpol muomalada böladi. Direktor va uning ‘zam’larini aytmay qöyaqolay, hatto psixologlar bolalarni kaltaklaşadi. Yaqinda psixologlardan biri bolani şlang bilan kaltaklagan. Unga momataloqni körsatganimda, heç narsa körmayapman, bu şunçaki quyoşda qoraygan, dedi», — degan tarbiyaçi.
Uning aytişiça, Özbekiston prezidenti virtual qabulxonasiga yöllangangan murojaatlar şikoyat qilingan instansiyalarga qaytariladi: «Biz virtual qabulxonaga yozdik, lekin murojaat yana qaytib maktabga keldi. Direktor 20 iyul kuni yiğilişda uçta şikoyat olganini ma'lum qildi. Yana qayerga murojaat qilişimiz mumkin?».
Maktab xodimasining tan olişiça, bolalar tez-tez bir-birlari bilan urişadi, çunki ularning köpçiligi oila tarbiyasini olmagan. «Biz ularni qayta tarbiyalaşimiz kerak, biroq bu ularni urişimiz mumkin, degani emas», — deya ta'kidlagan u.
Bundan taşqari, tarbiyaçi bolalar oğir jismoniy mehnatga jalb qilinişini sözlab bergan: «Maktabning bir qismini buzdik. Dastlab bolalar qölda katta bolğa bilan betonlarni bölakladi. Endi ular temir ğalvir bilan elab, beton bölaklarini qumdan ajratayapti. Qança çang yutişdi ular?! Keyin temir zambillarda xom aşyoni boşqa joyga taşiydi kiçik guruhlar ğiştlarni yiğmoqda. Belkuraklarning dastasi yoğoç örniga temirdan».
Ixtisoslaşgan maktabning sobiq xodimi Marat Baratov (ism va familiya uning iltimosiga köra özgartirilgan) 2008 yildan buyon direktor bosimi bilan joriy ariza yozguniga qadar şu yerda işlagan. U internat xodimlari va rahbariyati bolalarga nisbatan qanday zöravonlik usullari qöllanilganini sözlab berdi.
Uning ta'kidlaşiça, ma'muriyat xodimlari, buxgalterdan taşqari, alkogol içimliklari iste'mol qilib, keyin tarbiyalanuvçilarga azob berişgan.
«Bolalarni boks qopiga boğlab qöyib, ularni kaltaklaşgan. Men navoiylik Arslon Aslamov va mehribonlik uyidan bölgan yetim bola Aleksey Xaytunning kaltaklanişiga guvoh bölganman. Ular bolalarni bepuşt qiliş uçun çov qismiga urişdi», — dedi u.
Uning sözlariga köra, nosvoy çekkan bolalarni ovqatdan söng darhol uşbu tamaki mahsulotini yutişga majburlaşgan. «Bolalar nosvoy çekişga majbur bölgan, ular şunçaki çekişmagan, keçki ovqatdan keyin uni çaynab, keyin yutib yuborişgan. Bir marta avval nos çekmagan navoiylik Şaxzod Jamolovga adaşib ikki paçka nosvoyni yutişga majburlaşgan. Kuni bilan qaltirab çiqdi u. Heç kim şifokorga xabar bermadi, ularning özlari huqna va boşqa usullar bilan davolaşdi», — dedi sobiq xodim.
Marat Baratov, uning fikriça bolalarni kaltaklagan maktab xodimlari nomlarini sanab çiqdi. Ular: direktor Ş. Sadinov, öquv işlari böyiça mudir U.Şukurov, ma'naviy işlar böyiça direktor örinbosari E.Vorisov, tarbiyaviy işlar böyiça direktor örinbosari J.Qöçqorov, katta tarbiyaçi Zuhriddin, tungi smena tarbiyaçisi F.Röziqulov va tarbiyaçi yordamçisi Ş. Oçilov.
Şuhrat Sadinov
U sanab ötilgan xodimlar, jumladan ombor mudiri I.Nişonova direktor Sadinovning yaqin döstlari yoki qarindoşlari ekanini ma'lum qildi.
Bundan taşqari, Marat Baratov 25 maydan buyon maktabda ikkinçi tuşlik bekor qilinib, uç martalik ovqatlaniş rejimiga ötganini sözlab berdi.
Sobiq xodimning tasdiqlaşiça, bolalar ur-kaltaklar sababli bolalar tez-tez ta'lim muassasasidan qoçib ketadi. Ularni ortga qaytarişgandan keyin öz hayotiga nuqta qöyişga harakat qiladi.