Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zstandart» direktori ishdan ketdi. Agentlikda 2 yil ichida to‘rtinchi rahbar bo‘ladi
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart») bosh direktori Abduhamid O‘tkurovich Karimov lavozimni tark etgan. Bu ma'lumotni «Kun.uz»ga agentlikdagi bir necha manbalar tasdiqladi.
Ayni vaqtda agentlikning yangi rahbari ma'lum emas. Bu tashkilotga ham prokuratura sohasi vakili rahbar bo‘lib kelishi kutilmoqda.
Qayd etish kerakki, bu keyingi 2 yil ichida agentlikda to‘rtinchi rahbar bo‘ladi.
2016 yilning oktabr oyida 2012 yildan buyon agentlikni boshqargan Abdusalom Qurbonov o‘rniga Aktam Hayitov rahbar etib tayinlangan, ammo u 8 oy o‘tib, 2018 yil avgustida ishdan olingan va bu lavozimni Abdhamid Karimov egallagandi.
Ma'lumot uchun, keyingi vaqtlarda prokuratura sohasidan chiqqan kadrlarga mas'ul lavozimlar topshirilishi an'anaga aylandi. Xususan, shu soha vakili, o‘z vaqtida Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori bo‘lgan Po‘lat Bobojonov Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan, sobiq bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev DXXga rahbar bo‘lgan, bosh prokurorning sobiq birinchi o‘rinbosari Murodjon Azimov Bojxona qo‘mitasi raisi sifatida ishlamoqda, Bosh prokuraturadagi boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan Shavkat Umurzoqov «O‘zavtosanoat»ning yangi rahbariga aylangan, Bosh prokuraturadagi boshqarma boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Bunyod Bahrombekov ayni vaqtda Yoshlar ittifoqi rahbari o‘rinbosari hisoblanadi, Toshkent viloyatining sobiq prokurori Bahodir Po‘latov esa Surxondaryo viloyatiga yangi hokim etib yuborilgan.
Mavzuga oid
17:10 / 12.08.2025
Yuk tashuvchilar dodi: rasmiylarning xatosi tovonini tadbirkorlar to‘laydimi?
15:23 / 04.04.2024
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:45 / 15.04.2021
Inson salomatligi uchun xavfli deb topilgan sariyog‘ importiga taqiq qo‘yildi
23:00 / 31.03.2021