Sport | 19:24 / 25.07.2018
3415
1 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» nigeriyalik tadbirkor qo‘liga o‘tishi mumkin

Foto: TechCity

Nigeriyalik tadbirkor Aliko Dangote bir necha yil ichida Londonning «Arsenal» klubini sotib olish niyati borligini aytdi.

«Arsenal» klubini 2020 yilgacha sotib olmoqchiman. Agar u boshqa birovga sotib yuborilsa ham o‘z niyatimdan qaytmayman» - deb Dangote so‘zlarini keltirmoqda Evening Standard.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda «Arsenal» aksiyalarining nazorat paketiga amerikalik tadbirkor Sten Kronke egalik qiladi. Avvalroq, u bir necha marotaba klubni sotish haqidagi takliflarni rad qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid