Jamiyat | 19:10 / 25.07.2018
3818
3 daqiqa o‘qiladi

Chilla Fest - 2018 mehmonlarini attraksionlar, filmlar, kvestlar va sovrinlar kutmoqda

Foto: Chilla Fest - 2018

Chilla Fest — 2018 yozning keng ko‘lamli voqeasiga aylanishi kutilmoqda. 2018 yil 29 iyul kuni toshkentliklar va poytaxt mehmonlarini beshta parkda ommaviy xalq sayillari, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan teleko‘prik, attraksionlar va boshqa ko‘pdan-ko‘p tomoshalar kutmoqda.  

2018 yil 25 iyul, Toshkent — Chilla Fest — 2018 shahar festivalini o‘tkazish kunida parklar infratuzilmasi odatdagi rejimda ishlaydi. An'anaviy attraksionlardan tashqari, soat 12:00 dan 20:00 gacha qo‘shimcha axborot–ko‘ngil ochar zonalar ishlab turadi. Har bir parkda tashrif buyuruvchilarni quyidagilar kutadi:

  • raqs jamoalari va musiqa guruhlarining chiqishlari («Ko‘k Choy», «Praym», Di Live band, «Sharqoniy Navo», «Novella»);
  • tomoshalarni olib boruvchilarning tanlovlari, raqs fleshmoblari va fokuschilar shoulari;
  • ijodiy master-klasslar va feys-artlar;
  • hordiq zonalari;
  • oilaviy timbildinglar;
  • ochiq osmon ostidagi kinoteatrlar;
  • bolalar estafetalari (mega-labirintlardan tortib to suvdagi musobaqalargacha);
  • kvestlar;
  • havmiy fotozonalar;
  • animatorlar va xodulchilar;
  • krio-shou;
  • qo‘g‘irchoq teatrlari;
  • sovrinlar.

Tadbirning ommaviy tus olishi munosabati bilan, Toshkent shahar hokimiyati ota-onalardan quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini so‘raydi:

  1. Bolalarni qarovsiz qoldirmang, bola har doim ko‘z o‘ngingizda bo‘lsin;
  2. Parkka kirishdan oldin bolani telefonda suratga tushiring. Agar farzandingiz yo‘qolib qolsa, sizda bolaning eng so‘nggi shu yo‘qolgan vaqtidagi kiyimda tushgan surati bo‘ladi;
  3. Bola yo‘qolib qolmasligi uchun unga orqada yurishga ruxsat bermang, uni doim o‘zingizdan oldinda tuting;
  4. Farzandingizga, mabodo adashib qolsa, darhol festival muvofiqlashtiruvchisiga murojaat qilishi zarurligini oldindan tushuntirib qo‘ying. Muvofiqlashtiruvchilarni brendlangan futbolkalaridan bilib olsa bo‘ladi. Yo‘qolgan bolalarni ota-onalari bilan uchrashish uchun ajratilgan maxsus joyga olib kelishadi;
  5. Bolaning cho‘ntagiga o‘z telefon raqamingiz yozilgan qog‘ozchani qo‘yib qo‘ying, festival muvofiqlashtiruvchilari shunda siz bilan osongina ulanishadi. 

Mashinalarni qo‘yishga joy muammosini kamaytirish uchun Toshkent shahar hokimiyati taksi yoki jamoat transporti xizmatidan foydalanishni tavsiya etadi.

Eslatib o‘tamiz, Chilla Fest — 2018 festivali Toshkentning quyidagi beshta parklarida bo‘lib o‘tadi: «Lokomotiv», Central Park, Abdulla Qodiriy nomli, «Anhor-Lokomotiv», Green Park.

Homiylik va hamkorlik masalalari bo‘yicha +998(71)150-84-84 (ichki raqam 2) orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Mavzuga oid