Jahon | 17:50 / 25.07.2018
6912
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi terakt qurbonlari soni 100 nafarga yetdi

© Foto : SANA

Suriyaning As-Suvayda shahrida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 100 nafarga yetgan, kamida 176 kishi jarohatlangan.

Oxirgi xabarlarda qurbonlar soni 50 nafar ekani, 78 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgani aytilgandi.

Chorshanba kuni ertalab terrorchi xudkushlar guruhi As-Suvayda shahrida hujum uyushtirdi. Ulardan biri sabzavot bozorida portlovchi qurilmani harakatga keltirdi, bir jangari o‘zini portlatdi, yana bir jangarini mahalliy aholi vakillari tutib olishdi, ikki jangari maxsus xizmatlar vakillari tomonidan otib tashlandi.

IShID jangarilari As-Suvayda viloyati sharqidagi bir necha qishloqqa ham hujum qilishgan, ammo mahalliy aholi va armiya qarshiligiga uchrab chekingan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid