Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik sub'yektiga nisbatan jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyat yoki Toshkent shahar prokurori roziligi bilan qo‘zg‘atiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunni imzoladi.
Norma’ning yozishicha, jinoyat ishini qo‘zg‘atish tartibini belgilovchi Jinoyat-protsessual kodeksining (JPK) 331-moddasi beshinchi qism bilan to‘ldirildi. Endi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan faktlar bo‘yicha tadbirkorlik sub'yektiga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atishga faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorining yoxud bosh prokuror yoki uning o‘rinbosarining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Maqola muallifining fikricha, mazkur normani amaliyotda qo‘llash chog‘ida quyidagi savollar yuzaga kelishi mumkin.
1. Tadbirkorlik sub'yekti deganda kim tushuniladi?
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik sub'yektlari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Ya'ni «tadbirkorlik sub'yekti» atamasi ostida ham yuridik, ham jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) tushuniladi.
Biroq Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq, faqat jismoniy shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Yuridik shaxslar bunday javobgarlikka tortilmaydi. Shu munosabat bilan tadbirkorlik sub'yekti – yuridik shaxsga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atib bo‘lmaydi. Buni faqat uning mansabdor shaxslari va/yoki muassislariga nisbatan amalga oshirish mumkin. Kiritilayotgan normada, afsuski, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar rahbarlari uchun bunday himoya aniq nazarda tutilmagan. Faqat uning yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan amal qilishi shubhasiz bo‘lib qolmoqda.
2. Qanday faktlar tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq hisoblanadi?
Tadbirkorlik bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarning aniq ro‘yxati mavjud emasligi sababli «tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan faktlar bo‘yicha» formulirovkasi ancha keng talqin qilinishi mumkin.
Gap shundaki, o‘sha «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq, bu tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. Jinoyat huquqi sohasida daromad olish maqsadi g‘arazli niyat – sodir etilgan jinoyatdan moddiy yoki mulkiy tusdagi boshqa naf olishga intilish yoxud moddiy xarajatlardan qochishni ko‘zlash bilan tavsiflanuvchi motiv sifatida baholanishi mumkin. Ya'ni daromad olishga intilish va g‘arazli niyatlar aralashtirib yuboriladi.
Masalan, davlat ro‘yxatidan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat turini amalga oshiradi – «hammom va sauna xizmatlarini ko‘rsatadi». Daromadlarini ko‘paytirishni ko‘zlab, u yerda g‘arazli niyatda fohishaxona tashkil etadi, ya'ni Jinoyat kodeksining 131-moddasi ikkinchi qismidan nazarda tutilgan jinoyatni sodir etadi. Jinoyat biznes sohasida «an'anaviy» hisoblanmaydi, biroq, shunga qaramay, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan faktga mos keladi. Ya'ni qonuniy tadbirkorlik faoliyati avvalboshdan jinoiy biznes bilan birga yuritilishi mumkin, unga barham berilganda qonuniy operatsiyalar ham avtomatik ravishda to‘xtatiladi. Bu holda qanday yo‘l tutish ham ayon emas.
Mazkur masalalar Oliy sud Plenumi tomonidan hal etiladi yoxud Bosh prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarda aniqlashtiriladi, deb umid qilamiz.
Hujjat 21.07.2018 yilda e'lon qilingan, ko‘rsatilgan o‘zgartirishlar ham shu sanadan boshlab kuchga kirgan.
Mavzuga oid
15:32 / 25.05.2026
Toshkentda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
18:16 / 08.04.2026