Boş prokuratura huzuridagi departamentning Beruniy tumani bölimi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar D.A. va A.Yu. aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Tergovga qadar tekşiruv materiallariga köra, gumonlanuvçilar fuqaro M.X.ga tegişli U.Z. oilaviy korxonasi savdo dökonida çek berilmaganligi yuzasidan Soliq mobil ilovasi orqali murojaat qilmaslik evaziga 3 million söm talab qilib, uşbu mablağni olgan vaqtda qölga olingan.

Tezkor tadbirlar davomida D.A.ning tumanda faoliyat yuritayotgan yana uç nafar tadbirkordan ham çek bermaganlik holatlari böyiça Soliq ilovasiga murojaat qilmaslikni va’da qilib, turli miqdorda pullarni tovlamaçilik yöli bilan olib kelgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda iş böyiça tergov harakatlari davom ettirilmoqda.