Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning tahdididan so‘ng Turkiya Tashqi ishlar vaziri muloqotga kirishmoqchi
AQSh Turkiyaga iqtisodiy sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilgach, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li AQSh Davlat departamenti kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashishini aytgan. Bu haqda Reuters Turkiya tashqi siyosat mahkamasidagi manbaga asoslanib xabar tarqatmoqda.
Gap shundaki, AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens agar Turkiya 2016 yil kuzidan beri ushlab turgan amerikalik pastor Endryu Bransonni ozod qilish bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rmasa, Anqaraga qarshi iqtisodiy sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilgandi.
Pensning aytishicha, «AQSh ma'muriyati pastorning ozod qilinishi bo‘yicha tinimsiz ish olib bormoqda» va uning uy qamog‘iga o‘tkazilishini ijobiy qarshilasa ham, biroq buni yetarli deb hisoblamaydi.
Turkiya sudi qaroriga ko‘ra Bransonga Turkiya hududini tark etish man qilingan. Uning ishi bo‘yicha keyingi sud jarayoni 12 oktabrga belgilangan.