Jamiyat | 08:55 / 26.07.2018
16113
1 daqiqa o‘qiladi

​Bolalar bog‘chasidagi bo‘sh o‘rinlarni qanday tekshirish mumkin?

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning mavjud bo‘sh o‘rinlarni tekshirish xizmatini ishga tushirdi. 

Buning uchun, mdo.uz saytiga tashrif buyurib, «Faoliyat» bo‘limi tanlanadi. Bo‘lim ichida davlat yoki nodavlat MTM reyestrlarini alohida tekshirish imkoniyati yaratilgan. 

Masalan, 5633ta davlat maktabgacha ta'lim muassasalari ro‘yxati ochilganda, ularning har birida yangi tarbiyalanuvchilarni qabul qilish uchun bo‘sh o‘rni mavjudligi ko‘rsatilgan.

Mavzuga oid