Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Rossiyaga tegishli Su-24 samolyotlari tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari Ruminiyada joylashtirilgan Typhoon qiruvchilarini havoga ko‘tardi, bu NATO havo kengliklari yaqinida Rossiyaga tegishli Su-24 samolyotlari paydo bo‘lgani tufayli yuz berdi. Bu haqda Britaniya harbiy-havo kuchlari saytida xabar qilingan.
Ta'kidlanishicha, Rossiya harbiy-havo kuchlari samolyotlari Alyans havo kengliklarini buzib kirmagan, biroq «Tayfunlar» Su-24 aniqlanganidan keyin uni bir qancha vaqt davomida kuzatib bordi.
«Qiruvchilar NATO havo kengliklarini buzishga juda yaqin kelgan Rossiyaning noma'lum samolyotlariga qarata yo‘naltirildi. Ular NATO havo kengliklariga kirmadi, shuning uchun bosib turuvchi omil sifatida qisqa vaqt davomida samolyotlarni kuzatib borish haqida topshiriq berildi», - deyiladi Britaniya harbiy-havo kuchlari xabarida.
Mavzuga oid
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026