Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U Afg‘onistondagi jangarilar lageriga yo‘l olayotgan bo‘lgan
2018 yil 15 iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasining Botken viloyati IIB ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash Xizmati xodimlari tomonidan «O‘zbekiston - Qirg‘iziston - Tojikiston - Afg‘oniston» yo‘nalishi bo‘yicha Afg‘onistonga o‘tmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U Afg‘onistondagi jangarilar lagerlaridan birida qo‘poruvchilik-terrorchilik bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tish, kelgusida Suriyada hukumat qo‘shinlariga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston IIV.
O‘zbekiston fuqarosi O.P. Botken tumani hududida qo‘lga olindi, uning yonidan elektron axborot tashuvchi qurilmalar, arab yozuvidagi adabiyot, issiq kiyimlar, oziq-ovqat va boshqa buyumlar topilgan.
Yig‘ilgan material Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Botken viloyati bo‘yicha boshqarmasiga topshirilgan.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026