O‘zbekiston | 17:13 / 26.07.2018
4878
3 daqiqa o‘qiladi

Mudofaa vazirligi harbiylari xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning aprel oyidan sentabr oyiga qadar MDHga a'zo davlatlar do‘stona armiyalari doirasida harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu nufuzli musobaqalar harbiy-amaliy sportning 7ta turini o‘z ichiga olgan bo‘lib, “Armiya qo‘l jangi”, “Komandirlik startlari”, “Sport oriyentirlanishi”, “Tog‘ uch kurashi”, “Ko‘p kurash harbiy sport kompleksi”, “Ofitserlar uch kurashi” va “MP-3 va KA-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish” kabi bahslar bo‘yicha o‘tkazilmoqda. 

O‘zbekistonlik harbiylar 16-20 aprel kunlari Rossiyaning TsSKA (Markaziy harbiy sport klubi)ning “Igrovoy” universal sport majmuasida o‘tkazilgan “Komandirlik startlari”, 26-29 iyun kunlari Belorus Respublikasi poytaxti Minskda harbiy-amaliy sportning “Ko‘p kurash harbiy sport kompleksi” turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqalarda faxrli ikkinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan edi.

25 iyul kuni Mudofaa vazirligi Sport klubi boshlig‘i podpolkovnik Mansur Mamadaminov boshchiligidagi navbatdagi harbiy sportchilar 28-31 iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Baliqchi shahrida bo‘lib o‘tadigan harbiy-amaliy sportning “MP-3 va KA-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish” musobaqasida ishtirok etish uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketishdi.

Ushbu musobaqada Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Tojikiston va O‘zbekistonning eng kuchli merganlari o‘zaro kuch sinashadi.

Mudofaa vazirligi sport klubining eng yorqin merganlari – mayor Inver Osmanov, katta leytenant Natalya Dolbilina, kichik serjantlar Roman Goloshapov, Artyom Chernishyov, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askarlar Azizxon Muhammadrahimov va Yana Fatxi xalqaro toifadagi bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid