Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK uchuvchilarni tayyorlash o‘quv kurslariga tanlov o‘tkazadi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining O‘quv-mashq markazi uchuvchilarni dastlabki tayyorlash o‘quv kurslariga tanlov o‘tkazilishi munosabati bilan, joriy yilning 6-7-avgust kunlari «Ochiq eshiklar kuni» bo‘lib o‘tishini e’lon qiladi.
Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan nomzod 27 yoshga to‘lmagan, tugallangan oliy texnik ma’lumotli va IELTS sertifikati bilan tasdiqlangan ingliz tilining 6-darajasiga ega bo‘lish talab etiladi. Ular fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari uchun dastlabki tayyorgarlik kurslarida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
O‘qish davomiyligi, hujjatlarni qabul qilish va imtihon topshirish muddati, nomzodlar uchun tibbiy va boshqa talablar haqida to‘liq ma’lumot olish uchun Toshkent shahar, Qumariq ko‘chasi, 120-uyda joylashgan MAK O‘quv–mashq markaziga murojaat qilish mumkin.
Mavzuga oid
18:12 / 07.04.2026
Qurolli Kuchlar tizimida kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi, g‘olibga elektromobil beriladi
21:00 / 03.04.2026
Toshkent davlat tibbiyot universiteti: xorijiy talabalar uchun nufuzli tanlov
19:00 / 03.04.2026
Mundialga yo‘l: O‘zbekistonda Kia x FIFA 2026™ mijozlar o‘rtasidagi tanlov g‘oliblari aniqlandi
17:45 / 20.10.2025