Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi turistik mahsulotlarni ishlab chiqishga kelishdi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi "Qozog‘istonda O‘zbekiston yili" doirasidagi tadbirlarni o‘tkazishda tizimli ishlarni amalga oshirmoqda, deyiladi Qo‘mita matbuot xizmatida.
26 iyul kuni RadissonBluHotel mehmonxonasida «WorkShop – Ipak yo‘lida turizm» tadbiri o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati hokimligi, shuningdek O‘zbekiston va Qozog‘istonning turistik soha biznesi vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdulaziz Akkulov qozog‘istonlik hamkasblariga minnatdorchilik bildirdi, o‘zaro munosabatlarning mustahkamlanishi naqadar muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidladi va B2B muzokaralarda ikki tomonga ham muvaffaqiyat tiladi.
Turkiston viloyati hokimi Yerbol Tasjurekov, o‘z navbatida, iliq qabul uchun mehmonlar nomidan o‘zbekistonlik hamkasblariga minnatdorchilik bildirib, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yangi bosqichi turistik sohada ham aks etishi kerakligini qayd etdi. Buning uchun davlat idoralarining sa'y-harakatlari bilan bir qatorda xususiy sektorni ham jalb qilish zarurligini ta'kidladi.
«WorkShop – Ipak yo‘lida turizm» davomida O‘zbekiston va Qozog‘istonning turistik salohiyati taqdimoti o‘tkazildi, yangi va zamonaviy turistik yo‘nalishlarni birgalikda rivojlantirish imkoniyatlariga doir batafsil ma'lumot taqdim etildi, Ipak yo‘li bo‘ylab aralash turlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek ikki mamlakatning turizm sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari (tibbiyot muassasalari, mehmonxonalar, turistik kompaniyalar) o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘istonning qator turistik kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar imzolandi. Hamkorlar ikki mamlakatning turistik markazlari va salohiyatli imkoniyatlarini qamrab oluvchi yangi turistik mahsulotlarni ishlab chiqishga kelishib olishdi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
11:41 / 25.04.2026
Marokash turizmni kuchaytirish uchun yirik megaloyiha ochdi
22:05 / 23.04.2026
500 yil odamlardan yashirilgan shahar va Buyuk devor sirlari – Chin yurtiga safar
22:08 / 16.04.2026