O‘zbekistonda YTHlar oqibatida kuniga o‘rtacha besh nafar inson halok bo‘lmoqda
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27 iyul kuni jinoyatchilikning oldini olish, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi mas'uliyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda yo‘l-transport hodisalari ko‘payib borayotganiga alohida e'tibor qaratildi.
Joriy yilning 6 oyida ro‘y bergan shunday hodisalarning 871 tasida 943 nafar odam halok bo‘lgan, yana ko‘plab insonlar jarohatlangan. Haydovchi va piyodalarning bilimi, qoidalarga itoatkorligi va yo‘l harakati ishtirokchilariga hurmati pastligi bunga sabab bo‘lgan.
Yana bir asosiy muammo – yo‘llarning ayanchli ahvoli, deyildi yig‘ilishda. Yo‘l qurish narxi O‘zbekistonga nisbatan Xitoyda 6 baravar, Polshada esa 7,5 baravarga arzon. Lekin mamlakatimizdagi aksariyat yo‘llar qoniqarsiz ahvolda. Bu ham ko‘plab yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqarmoqda.
Shu bois 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasi to‘liq va sifatli bajarish, avtotransport boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olish va yo‘l harakati qoidalarini qasddan buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda ichki ishlar xodimlarining muomala madaniyati, ular o‘rtasida mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish holatlari uchrab turgani muhokama etildi. Shaxsiy tarkibni tarbiyalash va kadrlarni rotatsiya qilish, ichki ishlar organlarining tahliliy-huquqiy va prognozlash faoliyatini takomillashtirish zarurligi ta'kidlandi.
Videoselektorda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddilarning axborotlari eshitildi, vazifalar belgilab berildi.
Mavzuga oid
17:25 / 11.11.2024
Qozog‘istonda xotinkush Bishimbayev koloniyadan qochib ketgani rad etildi
17:11 / 24.10.2024
10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
21:33 / 19.10.2024
Rossiyada go‘dak bolaning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik enaga hibsga olindi
19:56 / 15.10.2024