Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShni Xitoyga qarshi savdo urushida kim qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi aytildi
Foto: nationalreview
AQSh prezidenti Donald Trampning iqtisodiyot bo‘yicha maslahatchisi Larri Kudlou so‘zlariga ko‘ra, AQSh Xitoyga savdo masalalarida qarshi turish uchun Yevropa ittifoqi bilan birlashishi mumkin. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Kudlouning aytishicha, Xitoy jahon savdo tizimini «buzib tashladi». Uning fikricha, Xitoy iqtisodiyotining salbiy ta'siri yuqori bojlar, iqtisodiy to‘siqlar, texnologiyalar va intellektual mulklarni o‘g‘irlashda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
«AQSh va YeI Xitoyga qarshi kurashda birlashadi... Xitoy YeIga keldi, YeI yo‘q dedi», - deya ma'lum qilgan Kudlou.
Maslahatchining ta'kidlashicha, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Tramp bilan uchrashuvda AQShga Xitoy muammosida yordam berishni xohlayotgani haqida «juda aniq gapirgan».
Mavzuga oid
18:37
Xitoydan mandarin va ananas importi uchun vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi
16:08
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
15:32
“Inklyuzivlik”ka stop: AQSh 30 mlrd dollarlik mablag‘ni bloklashi mumkin
13:54