Jahon | 17:03 / 27.07.2018
23602
2 daqiqa o‘qiladi

Antarktidada yaqinlashib kelayotgan falokat belgilari topildi

Foto: Alexandre Meneghini / Reuters

Irvaynedagi Kaliforniya universiteti olimlari Sharqiy Antarktidada katta muzliklar, jumladan, Tottent muzligi va Moskva universiteti muzligining hajmi ancha kamayganini aniqlashdi. Ulardagi suvlar nazariy jihatdan dengiz sathini besh metrga ko‘tarish uchun yetarli. Bu haqda Phys.org saytida e'lon qilingan matbuot uchun xabarnomada aytiladi.

Tadqiqotchilar GRACE missiyasi vakili (Gravity Recovery And Climate Experiment) doirasida NASA sun'iy yo‘ldoshlari yordamida olingan ma'lumotlarni tahlil qilib, muzliklar ko‘rpasidagi o‘zgarishlarni baholashdi. Ular muz yig‘ish va uni sarflash tezligi o‘rtasidagi nisbatlarni hisobga oluvchi, shuningdek, Operation IceBridge monitoringini iqlim modellari natijalari bilan birlashtirdilar.

Glyatsiologlarning baholashicha, 2002 yilning aprel oyidan 2016 yilning sentabr oyiga qadar bo‘lgan muddatda har ikki muzlik 18,5 milliard tonna muzlatilgan suvni yo‘qotgan. Bu dengiz sathi 0,7 millimetrga oshirilishiga tengdir.

Antarktidaning sharqiy qismi boshqa muzliklardan ko‘ra global iqlim o‘zgarishiga nisbatan kamroq ta'sirga ega deb hisoblangan bo‘lsa-da, okeandagi issiqlik miqdorining oshishi muzliklar erishini tezlashib ketishiga turtki beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid