Jahon | 08:16 / 27.07.2018
8345
1 daqiqa o‘qiladi

Asad Rossiyaning Yaqin Sharqdagi harbiy ishtiroki nega kerakligini tushuntirdi

Foto: TACC

Suriya prezidenti Bashar Asadning ma'lum qilishicha, Rossiya harbiy ishtiroki Yaqin Sharqda kuchlar muvozanatini saqlash uchun kerak. Bu dunyodagi siyosiy tenglik tiklanishiga qadar amalga oshishi lozim.

«Rossiya qurolli kuchlari mintaqamizda, Yaqin Sharqdagi muvozanat uchun muhim. Bu dunyodagi siyosiy vaziyat o‘zgarmagunga qadar amalga oshishi darkor», - deya Asadning so‘zlarini keltiradi TASS.

Shuningdek, Asadning ta'kidlashicha, Rossiyaning Suriyadagi harbiy ishtiroki uzoq muddatliga aylandi. Bunda faqat terrorizm bilan kurash maqsad qilib olinmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid