Jahon | 15:39 / 27.07.2018
4897
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda taksiga adashib 100 baravar ko‘p pul to‘lab yuborgan sayyohning pulini qaytarib berishdi

Foto: shutterstock

Xitoyning Sian shahrida Chjan Pen ismli taksichi amerikalik sayyohning adashib yuz baravar ko‘p to‘lab yuborgan pulini qaytarib berdi, deb yozadi The Drive.

Chjan WeChat ilovasidagi hamyoni hisob raqamiga 6500 yuan (960 dollar) pul tushganini ko‘radi. Mahalliy OAVning yozishicha, u bu pulni o‘zi vokzaldan mehmonxonaga eltib qo‘ygan amerikalik sayyoh o‘tkazganini darhol tushunadi. Bu masofa uchun yo‘lkira narxi atigi 65 yuanni (10 dollar) tashkil etadi. Chjan Pen uni topish uchun mehmonxonaga yo‘l oladi.

Taksichi yuz bergan voqea haqida mehmonxona ro‘yxatga olish bo‘limi xodimlariga ma'lum qildi va amerikalik sayyohni topishga muvaffaq bo‘ldi. Sayyoh uning halolligidan minnatdor bo‘lib pulning yarmini suyunchi sifatida haydovchiga berdi. Ammo Chjan Pen unga barcha pulini qaytarib berdi, deb yozmoqda mahalliy OAV.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid