Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mutlaq g‘alaba. Namangandagi xalqaro turnirdan eng hayajonli kadrlar
Avval xabar berib o‘tganimizdek, Namangan shahrida qo‘l jangi bo‘yicha chempionlar ligasi xalqaro turniri tashkil etildi. Unda jahon chempionlari, shuningdek, o‘z qit'asi va davlatida tengsiz deb topilgan sportchilar kuch sinashdi.
«Navbahor» markaziy o‘yingohi mezbonlik qilgan turnirni Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng musobaqaning rasmiy mehmonlari –Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi prezidenti Sergey Astaxov hamda mashhur promouter Vladimir Xryunov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Jamoaviy tarzda o‘tkazilgan musobaqada o‘zbekistonlik jangchilar Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlaridan kelgan sportchilarga qarshi ringga ko‘tarilishdi. Besh vazn toifasida bo‘lib o‘tgan janglarning barchasida o‘zbekistonlik sportchilarning qo‘li baland keldi.

Kun.uz muxbiri turnirni kuzatib, undagi eng hayajonli daqiqalarni kamera obektiviga muhrlashga urindi.















Eldor Vohidov
Mavzuga oid
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026