Jahon | 07:42 / 27.07.2018
4775
1 daqiqa o‘qiladi

​Ota-onasidan ajratib qo‘yilgan muhojir bolalar oilalari bilan uchrashdi

Foto: Joe Raedle/Getty Images

AQSh-Meksika chegarasida 1400ga yaqin bolalar ajratib qo‘yilgan ota-onasi bilan uchrashdi, deyiladi payshanba kuni bo‘lib o‘tgan AQShdagi sud majlisida.

Reuters xabariga ko‘ra, oilasi bag‘riga qaytmagan bolalar ham shunchani tashkil etadi. Hukumat huquqshunosi ayni paytda 711 nafar bolaning ota-onasiga qaytarilishi, San-Diyego federal sudi ta'kidlaganday, payshanbagacha bajarilmaganini tan oldi. 

Ushbu vaziyatda 431ta holat bo‘yicha bolalarning ota-onasi shunchaki AQSh hududida emas. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu bolalar AQSh prezidenti Donald Trampning «toqatsizlik» siyosati oqibatida ota-onasidan ajratib qo‘yilgandi. Ularning ota-onalari AQShda noqonuniy immigrant deb topilgach, mamlakatdan chiqarib yuborilishi aytilgandi. 

Amerika fuqarolar erkinligi uyushmasi huquqshunosi Li Jyelernning aytishicha, hukumat yana g‘irromlik qilmoqda, ya'ni ular tanlangan oilalarni birlashishiga ruxsat bermoqda. 

Mavzuga oid