Peterburgda «Hizb ut-Tahrir»ning 8 nafar a'zosiga hukm chiqarildi. Ular orasida Tojikiston fuqarolari ham bor
Moskva okrug harbiy sudi Peterburgda bo‘lib o‘tgan sayyor sudda «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkilotining Peterburgdagi bo‘limining sakkiz nafar a'zosiga nisbatan hukm chiqardi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Olti nafar Rossiya fuqarosi Maksim Tsvetkov, Aziz Yusufov, Artur Axmedov, Islam Axmedov, Magomed Aximov va Eldar Mamedov hamda Tojikiston fuqarolari Farhod Nurmatov va Mirzobarot Mirzosharipovlar sudlov kursisiga o‘tirdi.
Ayblanuvchilar 2016-2017 yillarda qo‘lga olingan bo‘lib, ular 5 yildan 10,5 yarim yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, ular terrorchilik tashkilotiga yangi a'zolar jalb etish va darslar o‘tish bilan shug‘ullanishgan. Ular avval «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkilotining Peterburgdagi bo‘limi a'zolari sudlangan ishda guvoh sifatida qatnashishgan.
Mavzuga oid
12:26
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024