Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiyachi relslarda uxlab qolgan yigitni so‘nggi lahzada qutqarib qoldi (video)
Nyu-Jyersi shtati Pert‐Emboy shahri politsiyasiga temir yo‘lda uxlab yotgan odam haqida tashvishli xabar kelib tushgan. Zobit Kayl Savoyya nima bo‘lganini tushunib yetish uchun voqea joyiga yo‘l oladi. U yaqinlashib kelayotgan poyezdni ko‘rgach, butun kuchi bilan unga qarab yugurgan. Zobitning kiyimiga o‘rnatilgan kamera bu vaqtda ishlayotgan edi.
U “Ket, ket!”, deb baqirgan, biroq yigit uni eshitmagan. Bundan tashqari, u yaqinlashib kelayotgan poyezdning ovozini ham eshitmadi. U o‘limidan sanoqli soniyalar ajratib turganida, qichqiriqni eshitib qolgan va ortga o‘girilib, bir chetga sakrab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Hodisadan keyin u politsiyachining ko‘z o‘ngida yig‘lab yubordi va hayotini saqlab qolgani uchun unga minnatdorchilik bildirdi. Yigit qanday qilib relslarda uxlab qolganini tushuntirib bera olmadi.