Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston-Rossiya birinchi mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tadi
2018 yil 26 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi, muvaqqat ishlar vakili Vadim Mitrofanov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda joriy yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Rossiya birinchi mintaqalararo forumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
«Bugungi uchrashuv juda o‘z vaqtida tashkil etildi. Bunday muhim voqea jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi. O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi birinchi mintaqaviy forum ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga turtki bo‘lib xizmat qiladi», - deya ta'kidladi Vadim Mitrofanov.
Tomonlar ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasida biznes, transport va kooperatsiya aloqalarida bevosita hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.
Mavzuga oid
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
10:15 / 06.07.2026
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
09:50 / 06.07.2026