Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Merkel bilan qo‘l berib so‘rashishni istamagan - OAV
Foto: REUTERS
Germaniya Mudofaa vazirligining rahbari Ursula fon der Lyayyen AQSh prezidenti Donald Trampning GFRga doimiy hujumlaridan norozi ekanini bildirdi. Bu haqda Spiegel yozmoqda.
Vazirning taxminicha, bu, Trampning ayollar bo‘yicha eski zamon tushunchalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya kansleri Angela Merkel kabi ayollar butun dunyoda hurmat qilinadi va katta tajribaga egadir. Biroq, Tramp aftidan bunday ayollarni avval uchratmagan.
Vazirning qayd etishicha, Merkel Tramp hujumlariga obektiv tanqidlar bilan javob qaytardi.
«Avvaliga u (Tramp) Merkelga qo‘lini ham berishni istamadi. Endi u hurmat bilan munosabatda bo‘lmoqda, uni diqqat bilan tinglayapti», - deya ma'lum qildi fon der Lyayyen.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
19:55 / 15.12.2021
Hech qachon xafa bo‘lmaydi, hech qachon jazavaga tushmaydi. Germaniyaning yangi kansleri haqida
19:59 / 07.12.2021