Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh O‘zbekistonga Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi sa'y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi
AQSh O‘zbekistonning Afg‘onistonda umummilliy yarashuvni ta'minlashga yo‘naltirilgan sa'y-harakatlarini yuqori baholaydi, deb ta'kidladi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Jon Sallivan.
AQSh davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Xezer Nauertning ma'lum qilishicha, Vashingtonda o‘tkazilgan diniy erkinlik masalalari bo‘yicha xalqaro vazirlar uchrashuvi doirasida Komilov va Sallivan o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Sallivan va Komilov "prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida O‘zbekistonda diniy erkinliklarni ta'minlash hamda respublikada bu sohadagi vaziyatni yaxshilash maqsadida Toshkent tomonidan qo‘yilgan qadamlar"ni muhokama qilishdi, deya qayd etdi Nauert.
Bundan tashqari, Sallivan O‘zbekistonda mehnat va inson huquqlarini ta'minlashda oldinga siljish kuzatilganini bildirdi. Shu bilan birga AQSh tashqi siyosat mahkamasi rahbarining birinchi o‘rinbosari inson huquqlari sohasida O‘zbekistonda boshlangan "islohotlarni institutsion jihatdan mustahkamlash bilan bog‘liq vazifa turganini" bildirdi, dedi Nauert.
Shuningdek Sallivan O‘zbekiston hukumatiga uning "mintaqadagi yetakchiligi hamda Afg‘onistonda tinchlik jarayonini o‘rnatishdagi sa'y-harakatlari uchun" AQSh ma'muriyati nomidan minnatdorlik bildirilganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
00:02
Eron zarbalari: cheklangan javobmi yoki katta urush boshlanishi?
19:18 / 01.03.2026
Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi qo‘shni davlatlarni ogohlantirdi
17:35 / 01.03.2026
AQSh Eronga zarba berishda Anthropic neyrotarmog‘idan foydalandi – OAV
17:21 / 01.03.2026