Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvador prezidentining Assanj bo‘yicha AQSh bilan kelishuvi bo‘lishi mumkinligi aytildi
Ekvador prezidenti Lenin Morenoning WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning keyingi taqdiri bo‘yicha AQSh bilan kelishuvi bo‘lishi mumkin. Bunday fikrni RT telekanaliga intervyuda Ekvadorning sobiq prezidenti Rafael Korrea bildirdi.
Uning aytishicha, Moreno Assanj bo‘yicha muloqot olib borilishini aytib, ushbu vaziyatda “umid berishga urinayotgandek” ko‘rinmoqda, aslida barchasi, ayniqsa AQSh vitse-prezidenti Maykl Pensning Ekvadorga bir necha hafta oldin borganidan keyin kelishib bo‘lingan.
Korreaning aytishicha, hozirda Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashirinayotgan Assanjning “elchixonadagi kunlari bitgan”.
Avvalroq Moreno Assanj ertami-kechmi elchixonani tark etishiga to‘g‘ri kelishini aytgandi. Uning aytishicha, bir odamning buncha ko‘p vaqt boshpanada qolishini “inson huquqlari buzilishi” deb atash mumkin.
Assanj Ekvadorning elchixonasida 2012 yildan beri yashab kelmoqda. U Shvetsiya hukumati tomonidan AQShga topshirilishi mumkinligidan xavotirlanib, Ekvadordan boshpana so‘ragan.