Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada fermerga noyob topilma uchun 773 ming yevro to‘lanadigan bo‘ldi
Germaniyaning Gessen federal yeri sud qaroriga ko‘ra yerida Rim imperiyasi davriga tegishli noyob topilma uchun fermerga 773 ming yevro to‘lab beradigan bo‘ldi.
Ma'lum qilinishicha, arxeologlar 2009 yilda Lanau shahridan bo‘lgan fermer yerida miloddan avvalgi I asrga tegishli otlar haykalining bir qismi bo‘lgan bronzadan ishlangan ot boshini aniqlashgan. Qonunga ko‘ra, yer egasi topilma qiymatining yarmiga da'vogarlik qilishi mumkin bo‘lgan. Biroq tomonlar topilmaning narxi bo‘yicha kelisha olishmagan. Gessen hukumati fermerga 48 ming yevro to‘lashni rejalashtirgan, biroq fermer kattaroq summaga umid qilgan.
Natijada Limburg shahri sudi ushbu masalani hal qilish uchun ekspertni jalb qilgan. Ekspert qadimiy topilmani 1,6 mln yevroga baholagan. Sud shunga asoslanib tegishli qaror chiqargan. Biroq Gessen fan vazirligi sud qarori bo‘yicha federal yer oliy sudida bahslashishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
12:04
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026