Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lasetti» sotilishi haqida e'lon berib, firibgarlik qilgan shaxs ushlandi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida jinoyat sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
27 iyul kuni IIBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil iyun oyida Yashnobod tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, X.R. “Olx.uz” internet sayti orqali “Lasetti” rusumli avtomashinasini sotish to‘g‘risida bergan e'loniga asosan, Uchtepa tumanida yashovchi U.X. unga qo‘ng‘iroq qilib, avtomashinasini sotib olish istagini bildirib, Qushbegi dahasida ko‘rishgan.
X.R., U.X.ga avtomashinaning hujjatlari hamda fuqarolik pasportini ko‘rsatib, aldov yo‘li bilan 11.200 AQSh dollarini olib avtomashinani nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan X.R. qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026