Jamiyat | 13:38 / 28.07.2018
8038
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan shahridagi xonadonda yong‘in, 4 yoshli bola halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

27 iyul kuni Namangan shahrida yashovchi T.U.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Ammo yong‘in oqibatida uydagi somon presslarining 25 kv.m maydoni yonib, zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida uning birga yashagan 4 yoshli nabirasi M.T.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Yong‘in kelib chiqish sabablarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid