Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlariga yo‘l oladigan barcha o‘zbekistonlik atletlar doping testidan o‘tgan
Osiyo o‘yinlari oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida atletlarni dopingga tekshirish masalasi ham ko‘tarildi. Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov ushbu masalaga yetarlicha ahamiyat berilganini ma'lum qildi.
«Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida 700dan ortiq sportchilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi. Ularni bir qancha kriteriyalar bo‘yicha ajratib, murabbiylarga sportchilarning sog‘lig‘ini yuz foiz hal qilib olganidan so‘nggina o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga jalb qilish talabi qo‘yildi. Buning ortidan mashg‘ulotlar kechikib ketishi mumkinligi sabab ba'zi murabbiylar norozi ham bo‘lishdi. Biroq kasalni hozirdan oldini olmasak, ertaga gazak olib ketishi mumkin.
Xabaringiz bor, o‘zimizda Milliy doping agentligi ochilgan. Ushbu agentlik bilan birgalikda ish olib boryapmiz. Agentlik tasdiqlagan ro‘yxat bor. Ushbu ro‘yxat asosida federatsiyalarga dori vositalari topshirildi. Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilar dori vositalari bilan ta'minlandi. Osiyo o‘yinlarida qatnashmayotgan federatsiyalar bundan mustasno», - dedi MOQ rasmiysi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan necha nafar sportchi ishtirok etishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
17:53 / 14.11.2025
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov doping tufayli 3 yilga chetlatildi
19:25 / 03.11.2025
Osiyo yoshlar o‘yinlarining sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlandi
22:14 / 31.10.2025