12:19 / 28.07.2018
12351

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan qancha sportchi ishtirok etishi ma'lum qilindi

Shu yilning 18 avgust - 2 sentabr kunlari Indoneziya XVIII yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari musobaqaga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichiga kirishgan.

Kun.uz muxbirining Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanovga asoslanib xabar berishicha, Osiyo o‘yinlarida jami 232 nafar atlet sportning 30 turi bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

«Ayni paytda yuz foiz sportchilarimiz tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tamoqda. Kimdir tog‘da, kimdir jismoniy tayyorgarligini yakunlab, texnik tayyorgarlikka o‘tgan. Ba'zi federatsiyalar esa o‘z strategiyalariga muvofiq, sportchilarga qisqa muddatli dam berib, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga yana qaytadan yig‘ib olishmoqda. Kuni kecha barcha sport turlari jadval asosida so‘nggi yig‘inlarni boshlashdi», - dedi Matchanov.

Top