Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Livan bo‘yicha sanksiyalarni uzaytirdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp 2007 yilda Livanga joriy qilingan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi, deya xabar beradi RIA Novosti Oq Uy bayonotiga tayangan holda.
Sanktsiyalar Qo‘shma Shtatlar fikriga ko‘ra, Livanda suverenitet va demokratiyaga ziyon yetkazayotgan, siyosiy sabablarga ko‘ra zo‘ravonlikni tashkil etayoitgan va Livan hududida Suriya ta'sirining ortishiga hissa qo‘shayotganlarga qarshi qo‘llandi.
Trampning bayonotiga ko‘ra, qaror, xususan, Eron Livanning «Hizbulloh» shialar harakatiga qurol-aslahalarni yetkazib berishda davom etayotgani tufayli ham qabul qilindi. Trampning AQSh kongressiga xatida ta'kidlanishicha, Eron Livandagi o‘z ittifoqchilariga «borgan sari murakkab qurollarni» yetkazib bermoqda.
Mavzuga oid
14:15
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20 / 17.06.2026